Photos and videos from all countries

Photos and videos for #tengsiz

Avval yuragingga mo‘ralaydi u, So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z. Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu, Demak, Bahor keldi, Kelmoqda Navro‘z. Qishning ahvoliga boqib hoynahoy, Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz. Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy, Demak, Bahor keldi, Kelmoqda Navro‘z. Ona bag‘ri kabi iliqdir olam, Harir hovur ichra yayrar dala-tuz. Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am, Demak, Bahor keldi, Kelmoqda Navro‘z. Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi, Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z. Yana dildorlikning fursati yetdi, Demak, Bahor keldi, Kelmoqda Navro‘z. #uzb #uzbek #navruz #navroz #2017

m_star.murodxon
IRFS.AZ © is created in 2017, our goal is to provide people with information from Instagram API, that includes photos, videos and other media information from Instagram.